Tishlar anatomiyasi haqida
Tishlar o'ttiz ikkitadir. Goho ba'zi kishilarda aql tishi, ya'ni ikki chekkadagi to'rtta chekkadagi tishlar bolmaydi, unda tishlar yigirma sakkizta bo'ladi. {ovqatni qirquvchi ikkita tashqi kesuv va ikkita ichki kesuv tishi yuqorida va shunday tishlar pastda [bo'ladi]. Ovqatni maydalash uchun yuqori va quyida ikkitadan qoziq tishi va yana har ikkala tomonda yuqorida va quyida [ovqatni] chaynash uchun tortta yo beshtadan oziq tishi bordir, hammasi bo'lib o'ttiz ikkita yoki yigirma sakkizta tish [bo'ladi]. Eng oxirgi tishlar ko'pincha o'sish davrining o'rtalarida, yaʼni balog'atga yetguncha va [bo'y o'suvi] to'xtagungacha o'sib chiqadilar. [Bo'y o'suvi] o'ttiz yoshlar yaqinida to'xtaydi, shuning uchun [bu] tishlar aql tishi deb ataladi. Tishlarda tomirlar va o'tkir boshchalr bor. [Ular] har ikkala jag'da ularni ko'tarib turuvchi suyaklarning chuqurchalariga botib turadilar. Har bir chuqurchaning chekkasida tishni o'rab va ushlab turuvchi yumaloq suyakdan [iborat] o'siq o'sadi, o'sha yerning o'zida mustaxkam boyloqlar [ham bor]. Oziq tishlardan boshqa har bir tishda bittadan boshcha bor. Ostki jaqqa botgan oziq tishiga kelsak, ularning boshchalari eng kamida ikkita, goho esa, masalan, aql tishlarida torttadan ham bo'ladi. Yuqori jaqqa botgan oziq tishlarga kelsak, ularning har birida kamida uchtadan boshcha, goho, masalan, aql tishlarida to'rttadan ham bo'ladi, chunki ular kattadirlar va ko'p ishlaydilar. Yuqori [tishlar]da ildizlar ko'p bo'ladi, chunki ular osilib turadilar va ularning og'irligi ularni ildizlarga qarama-qarshi tomonga qarab egilishga majbur qiladi. Ostki tishlarga kelsak, ularning suyaklarga kirishib turishiga to'sqinlik qilmaydi. Tishlardan boshqa birorta suyak sezuvchanlikka mutlaqo ega emas. Jolinus aytadi: "Tajriba ko'rsatadiki, tishlar sezuvchandirlar. Ularga miyadan keluvchi hamda issiq va sovuqni ajratib olish uchun xizmat qiluvchi quvvat yordamlashadi".