Umurtqalar anatomiyasi
Biz aytamiz: umurtqa o'rtasi kovak suyak bo'lib. u kovakdan orqa miya o'tadi. Umurtqada to'rt o'siq bor, o'ngda , so'lda va kovakning har ikki tomonida. Ularning ustkilari "yuqoriga' qaragan, pastkilari "pastga qaragan" va [qisman] "aylangan" deb ataladi. Goho o'siqlar oltita bo'ladi. Bu o'siqlarning foydasi shundaki, ular o'rtasidagi birikish bo'g'in o'rtasidagi birikish kabidir. Ba'zi umurtqalarda chuqurchalar, boshqalarida chiqib turgan boshchalar bor. Umurtqalarning o'ciqlari aytilgan foyda uchun emas. balki himoya va qalqon bo'lgani uchun , yana, shuningdek, zarbalarga qarshilik ko'rsatish uchun xizmat qiladi, yana ularga boyloqlar to'qilib ketadi. O'sha o'siqlar umurtqa bo'ylab qo'yilgan keng, maxkam suyaklardir. Ulardan ort tomonda turganlari "ignalar" yoki "tikanlar" deb, oʼng va so'l tomonda yotganlari esa "qanotlar" - ko'ndalang o'siqlar deb ataladi. Ular gavda bo'ylab chuqur yotgan asablar, tomirlar va mushaklarni himoya qiladilar. Ba'zi ko'ndalang o'siqlar, ya'ni qobirg'alarga yopishgan ko'ndalang o'siqlar ayrim foydaga egadir: ularda chuqurchalar bor. u chuqurchalarga qobirg'alarning bukri uchlari loyiq bo'lib joylashgan. Bu qanotlarning har birida ikkitadan chuqurcha bor, har bir qobirg'ada esa ikkitadan bukri o'siq bor. Ko'ndalang o'siqlardan shunday ikki boshlilari ham borki, ular ikki qavatli qanotlarga o'xshaydilar. Bu bo'yin umurtqalarida bo'ladi, uning foydasi tog'risida tezda gapiramiz.
Umurtqalarning o'rtasidagi kovakdan tashqari boshqa kovaklar ham bor. Ulardan asablar chiqib keladi va tomirlar kirib boradi. Bu kovaklardan ba'zilari butunicha bir umurtqaning tanasi bo'ladi, ba'zisi esa birdaniga ikki umurtqada joylashgan bo'ladi.
Kovaklarning turadigan joyi ikki umurtqaning umumiy chegarasida bo'ladi. Kovaklar ba'zan har ikki tomonda - yuqorida va quyida, ba'zan bir tomonda bo'ladi. Goho har bir umurtqada kovak to'liq yarim doira tashkil qiladi, goho esa bir umurtqada [kovak] yarim doiradan kattaroq, boshqasida kichikroq bo'ladi. Bu chuqurchalar umurtqaning ortida emas, ikki yonida joylashgan, chunki umurtqaning ort tomonida kiradigan va chiqadigan [narsalar] uchun himoya yo'q va umurtqa zarbalarga duch kelish [xavfi bor]; o'siqlar oldinda joylashgan emaslar. Aks xolda ular, gavda o'z tabiiy og'irligi bo'yicha va, shuningdek, ixtiyoriy harakatlar natijasida bukiladigan tomonga o'tib qolgan bo'lar edilar, ham umurtqa zaiflanar va umurtqa [umurtqa ustuni] bilan qattiq bog'lanishi va ketma-ket kelishi mumrin bo'lmas edi. O'siqlar boyloqlar chiqadigan joyda egilib turib, uni ezib va zaiflatib qo'yar edilar.
Himoya uchun moslangan shu o'siqlarni paylar va asablar o'rab olganlar, ularga go'sht tegib azoblamasin uchun ular mayin va yumshoq [bo'ladilar]. [Umurtqalarning] bo'g'in o'siqlari ham ana shunday bo'lib tuzilganlar. Ular har tomondan paylar va boyloqlar orqali qo'shilganlar, ammo qo'shilish oldidan tarangroq, ortdan qayishuvchanroq-dir, chunki oldinga egilish va bukilish zaruriyati bukchaymoq va orqaga tashlanmoq zaruriyatidan kuchliroqdir. Ortki paylar zaif bo'lgani uchun u yerda zaruriyat yuzasidan tashkil topadigan kichik bo'shliq yopishqoq suyuqliklar bilan to'lgan. Bir tomondan, umurtqa ustunining umurtqalari o'zaro juda qattiq bog'langani sababli, go'yo maxkamlik va harakatsizlik uchun tuzilgan bir suyakni tashkil etadilar, ikkinchi tomondan egiluvchi bo'lgani uchun, ular go'yo harakat uchun tuzilgan ko'p suyaklarga [o'xshab] ketadilar.