Dietolog va psixologlardan iborat xalqaro gerantologlar gruppasi a‘zolari yzoq umr ko‘rishning 8 qoidasini taqdim etdilar.
1 Ortiqcha to‘yib ovqat yemaslik. Meshqorinlikni doimo yomonlab kelingan.
2 Yoshini rioya qilib ovqatlanish.
3 Ovqatni pishirish va ichishga toza suv ishlatish. Xatto toza suvda yuvinish va kiyim hamda pol yuvishga toza suv ishlatish.
4 Sevish va sevilish. Qovushib turishni tark etmaslik. Biroq xaddiga rioya qilish. Seksolog qabulida yiliga 3-4 marta bo‘lib turish qariyalarga o‘ta foydali.
5 Sportning yoshiga va sog‘lig‘iga mos turi bilan shug‘ullanishni tark etmaslik.
6 Yotog‘ingiz o‘ta issiq yo sovuqroq bo‘lmasin. Doim yashil bahor darajasida uxlang. Qarilikda ham badanni chiniqtirish o‘ta foydali.
7 Ruhiyatingizni turmush tashvishlaridan xoli va toza tuting. Yosh o‘tgandan keyin arzimas stress ham ashaddiy yomon ta‘sir qiladi.
8 Miyangizni ham chiniqtirishni unutmang. Miyangiz yosh bo‘lsa, barcha a‘zolaringiz yosharishga intiladi. Miya yuzlab yosharish omillarini ishlab chiqaradi.