Ko‘pincha abssess bakteriya infeksiyasi o‘chog‘ida paydo bo‘lib, stafilokokk immunitetni pasaytiradi.
Simptomlari:
Abssess simptomatikasi u joylashgan joyiga ko‘ra belgisi turlicha bo‘ladi:
Abssess joyi og‘rishi,
Temperatura qirqqacha ko‘tarilishi,
Xolsizlik, ishtaha yo‘qolishi,
Bosh og‘rig‘i,
Loqaydlik.
Davosi:
Qancha erta boshlansa, shuncha tez tuzaladi. Chuqur va katta abssesslar jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. Yuzaki joylangan teriosti absesslari qo‘laki davolanadi.
Tashxisda absess ichki a‘zodaligi aniqlannsa, shifoxonaning jarrohlik bo‘limiga yuboriladi.
Davolashim
100 g vazelin yoki tuzsiz sariyog‘ yo har qanday o‘simlik yogidan sirli idishda qaynoqqa keltirib, sovutib dokadan o‘tkaziladi. Yana propolisdan 10 g ni eritib aralashtiriladi. Yana olovda iliq xolga keltirib dokadan o‘tkazib, bu ma‘junni tuzalishi qiyin yara va abssesslarga bog‘lanadi.
Bargizubni pishgan barglarini ezib 30 minut bog‘lanadi. Har 6 soatda qaytariladi.
30 g evkalift bargini 200 g suvda 5 minut qaynatib, suzib bir litr suvga aralashtirib yaraga qo‘yilgan dorini yuvishda ishlatiladi. Yuvgandan so‘ng yara joyi quriguncha obtobga tovlanadi.
Pishgan qichitqi bargini urug‘i bilan sidirib yarim litrlik butilkaga bosib 70 foyizli spirt to‘ldirib, yarim oy obtobda tovlab, suzib saqlanadi. Kuniga yarim soatdan har 8 soatda yupqa lattaga shimdirib shu kabi yaralarga tuzalguncha bog‘lanadi.