Xiltlar toʻgʻrisida, Ikki fasldir
Birinchi fasl, xiltlar mohiyati
Xilt hoʻl, oquvchan, bir jism boʻlib, eng avval ovqat oʻshanga aylanadi. Xiltlarning baʼzisi maqtovga sazovordir. Bular shunday xiltki, bir oʼzi yo boshqa biron narsa bilan birga, ovqatlanuvchining moddalaridan bir boʼlagi boʼladi, shuningdek, [ovqatli moddaga] oʼxshab ketadi. Xulosa qilib aytsak, ovqatlanuvchi [badanga] singib tarqaladigan narsaning oʻrniga badal boʼladi. Xiltning baʼzisi ortiqcha va past sifatli boʼlib, yaxshi xiltga aylanishga qodir emas, yoki kamdan-kam yaxshi xiltga aylanadi. Oqibatda bunday [xilt] ana shu aylanishdan ilgari gavdadan chiqarib tashlaniladi.
Biz aytamizki: gavda hoʻllik [rutubat] larining baʼzisi birlamchi va baʼzisi ikkilamchi boʻladi. Birlamchisi toʻrtta, ularni kelgusida aytamiz. Ikkinchisi - ikki xil, yaʼni ortiqchasi yo ortiqcha emasi. Ortiqchasini kelgusida aytamiz. Ortiqcha elmaslari shunday [rutubatlarki], ular oʻzlarining ibtidoiy holatlarini oʻzgartirib aʼzolarga oʻtadilar, lekin oddiy aʼzolardan biriga ham toʻliq boʻlak boʻlmaydi. Ortiqcha boʻlmagan shu hoʻlliklar toʻpt turli boʻladi: birinchisi, asosiy aʼzolarga qoʻshni boʻlgan mayda tomirlarning uchlaridagi kovaklarga qamalgan boʻlib, asosiy aʼzolarni sugʼorib turadi. Ikkinchisi, asosiy aʼzolarga shabnam kabi sochilgan boʻladi. Shu ikkinchi hoʻllik badan oziqsiz qolganda, oziq boʻla olаdi hamda qattiq harakatdan va boshqa bir sababdan aʼzolar qurisa, uni hoʻllab tura oladi. Uchinchisi, yaqinda qiuyuqlashgan hoʻllik. Bu hoʻllik aralashish va oʻxshashlik yoʻli bilan aʼzo moddasiga aylanmagan boʻladi. Toʻrtinchisi, asosiy aʼzolar boʼlaklarining birikishiga sabab boʻlgan oʻsishning dastlabki zamonidayoq asosiy aʼzoga kirishgan hoʻllik. Bu hoʻllikning boshlanishi [maniy] tomchisidan, [maniyning] boshlanishi esa xiltlardandir.
Yana aytamizki: yaxshi va ortiqcha xiltlarning hoʻlliklari toʼrt jins [xil] boʻladi: qon jinsi - bu hoʻlliklarning eng yaxshisidir, balgʻam jinsi, safro jinsi. Qon issiq va hoʻl tabiatli boʻlib, ikki xil: tabiiy va gʻayritabiiy boʻladi. Tabiiysi qizil rangli boʻlib, ymon hidli emas, juda shirindir. Gʻayritabiiysi ham ikki xil. Baʼzan oʻzining yaxshi mizojlilik xolidan oʻzgarishi unga aralashgan biron narsa sababli boʻlmaydi, balki oʻzidagi mizojning yomonlashishi bilan boʻlib, masalan, mizoji sovuq va yo issiq boʻlib qoladi. Yana bir xili oʻziga yomon xilt aralashib oʻzgargan qon. Shu ikkinchi xil qon [ham] ikkiga boʻlinadi; yo u qonga tashqaridan xilt tushib, ichkarisiga oʻtib buzgan boʻladi. Shu ikkinchi hoʻllik badan oziqsiz qolganda, oziq boʻla oladi hamda qattiq harakatdan va boshqa bir sababdan aʼzolar qurisa, uni hoʻllab tura oladi. Uchinchisi, yaqinda quyuqlashgan hoʻllik. Bu hoʻllik aralashish va oʻxshashlik yoʻli bilan aʼzolar moddasiga aylangan oziq boʻlsa ham, hali toʻliq quyuqlashish bilan aʼzo moddasiga aylanmagan boʻladi. Toʻrtinchisi, asosiy aʼzolar boʻlaklarining birikishiga sabab boʻlgan oʻsishning dastlabki zamonidayoq asosiy aʼzoga kirishishgan hoʻllik. Bu hoʻllikning boshlanishi [maniy] tomchisidan, [maniyning] boshlanishi esa xiltlardandir.
Yana aytamizki, yaxshi va ortiqcha xiltlarning hoʻlliklari toʻrt jins [xil] boʻladi: qon jinsi - bu hoʻlliklarning eng yaxshisidir, balgʼam jinsi, safro jinsi va savdo jinsi. Qon issiq va hoʻl tabiatli boʻlib, ikki xil: tabiiy va gʼayritabiiy boʻladi. Tabiiysi qizil rangli boʻlib, yomon hidli emas, juda shirindir. Gʼayritabiiysi ham ikki xil. Baʼzan oʻzining yaxshi mizojlilik xolidan oʻzgarishi unga aralashgan biron narsa sababli boʻlmaydi, balki oʻzidagi mizojning yomonlashishi bilan boʻlib, masalan, mizoj yo sovuq, yo issiq boʻlib qoladi. Yana bir xili oʻziga yomon xilt aralashib oʻzgargan qon. Shu ikkinchi xil qon [ham] ikkiga boʻlinadi; yo u qonga tashqaridan xilt tushib, ichkarisiga oʻtib buzgan boʻladi, yoki [oʻsha buzuqchi] xilt oʻzida paydo boʻladi, masalan, qonning baʼzisi sasib, suyuq qismi oppoq sariq safroga aylanadi, quyuq qismi qora oʻt (savdo) boʻladi. Bularning ikkalasi yo bittasi qonda qoladi. Shu xil [gʼayritabiiy] qonning ikkala turi oʻziga qoʻshilgan narsa xisobi bilan va u narsaning balgʼam, savdo, safro, suvli qism turlaridan iborat guruhlar xisobi bilan turlicha boʻlib, baʼzan quyqa, baʼzan juda qora va baʼzan rangsiz boʻladi. Shuningdek, hidida, mazasida oʻzgarish boʻlib, achchiq, shoʻr va nordon boʻladi.
Balgʼam [shilliq] ra kelsak, bu ham yo tabiiy, yo gʻayritabiiy boʻladi.Tabiiysi shunday balgʻamki, baʼzi vaqtda qonga aylanadi. Chunki tabiiy balgʻam toʻla yetilmagan qondir. Tabiiy balgʻam - shirin balgʻamning bir turidir. Bu tabiiy balgʻam juda sovuq emas, balki gavdaga nisbatan ozgina sovuq boʻlib, qonga va safroga nisbatan (toʻla) sovuqdir. Shirin balgʻamdan ham baʼzan gʻayritabiiysi paydo boʻladi, bu taʼmsiz balgʻam boʻlib, buning sababi unga tabiiy qonning aralashganidir, buni kelgusida aytamiz. Bu balgʻam koʻpincha nazlalarda va tupukda koʻrinadi.
Tabiati shirin balgʻamga [kelsak], Jolinus [fikricha], "tabiat bunga, savdo va safroga muayyan joy tayin qilgani kabi bir aʼzoni maxsus joy qilib tayinlagan emas. Chunki bu balgʻam oʻz kayfiyati bilan qonga yaqin boʻlib, aʼzolarning hammasi unga muhtojdir. Shu jihatdan uni qon oʻrnida yurgiziladi". Biz aytamizki, aʼzo ikki narsa sababli unga muhtoj boʻladi. U ikki narsaning biri zarurat, ikkinchisi manfaatdir. Zaruratning boʻlishiga ikki sabab bor, biri - u balgʻanning aʼzoga yaqin turishi; bu shundayki, aʼzolar oʻziga tushadigan ovqatni yoʻqotganda va yaʼni meʼda va jigardan keladigan narsa toʻxtalib qolganida, yo tasodifiy sabablar tufayli shunday boʻlganda oʻsha balgʻam yaxshi qonga aylanadi. Yaʼni u aʼzolarning quvvatlari oʻz tugʻma issiqliklarini yuborib, uni pishiradi, hazm qiladi va u bilan oziqlanadi. Tugʻma issiqlik balgʻamni yetiltirib, hazm qilib, yaxshi qonga aylantirgani kabi chet issiqlik uni sasitib buzadi. Zaruratning bu xili safro va savdoga xos boʻlmaydi. Chunki bu ikkalasi tasodifiy issiqlikni sasitib buzishda balgʻamga oʻxshab buzsalar ham, tugʻma issiqlikning [taʼsiri bilan] balgʻam kabi yaxshi qonga aylanmaydilar. Zaruratning ikkinchi sababi balgʻamning qonga aralashishi va uni balgʻam mizoj aʼzoni oziqlantirish uchun tayyorlashidir. Balgʻam mizoj aʼzo, masalan, miya shunday aʼzoki, ularga oziq boʻladigan qonda maʼlum oʻrtacha miqdorda balgʻam boʻlishi kerak boʻladi. Bu ikkinchi xil zarurat safro va savdo uchun ham xosdir.
Tabiiy balgʻamning manfaati boʻgʻinlarni va koʻp harakatli aʼzolarni hoʻllab turishidir. Shunday hoʻllanib. turganda boʻgʻinlar va aʼzolarda harakat va ishqalanish sababli paydo boʻladigan quruqlik xosil boʻlmaydi. Tabiiy balgʻamning bu manfaati zaruriydir. Gʻayritabiiy balgʻamga kelsak, buning baʼzisi ortiqcha boʻlib, turli quyuqlikda xis qilinadi, burun shilligʻi kabi. Bazisi bir xil quyuqlikda xis qilinib, haqiqatda quyuq-suyuqligi turlicha boʻladi, buni "xom balgʻam" deyiladi. Gʻayritabibiy balgʻamning baʼzisi juda suyuq boʻlib, uni "suvga oʻxshash" deyiladi. Bazisi juda quyuq boʻlib, uni "ganchga oʻxshash" deyiladi. Bu shunday balgʻamki, boʻgʻinlar va oʻtar yoʻllarda koʻp toʻxtaganidan suyuq qismi tarqalib, shimilib ketgan. Bu balgʻamlarning eng quyugʻidir. Balgʻamning bir turi shoʻr boʻladi. Bu shoʻr balgʻam turining eng issigʻi, eng qurugʻi va [suvsiz] qoq quriganidir. Har bir shoʻr mazaning paydo boʻlishiga kam taʼmli yo taʼmsiz suv hoʻlligining kuygan , quruq mizojli, achchiq taʼmli yer boʻlaklariga muʼtadil darajada aralashmogʻi sababdir. Chunki agar muʼtadil boʻlmay koʻp miqdorda aralashsa, achchiq boʻlib qoladi. Ana shunday muʼtadil qoʻshilishdan tuzlar paydo boʻladi va suvlar shoʻr boʻladi. Goho tuzlarni kuldan, ishqordan, ohakdan va boshqa narsalardan olinadi; ularni suvda qaynatib tinitiladi va oʻsha suvni tuz boʻlib quyulganicha qaynatiladi yoki tinitilgan suvni oʻz xoliga qoʻyilsa, [tuz boʻlib] quyiladi. Shunga oʻxshash mazasiz yo oz mazali suyuq balgʻamga tabiati quruq kuygan [safro] oʻrta miqdorda aralashganda, u balgʻamni shoʻr qilib, issiqqa aylantiradi. Manashu balgʻamni safroli bagʻam deyiladi.
Ammo fozil hikmatshunos Jolinus, balgʻam sasishi sababli yoki suv moddasi qoʻshilishi sababli shoʻr boʻladi, deydi. Biz esa, sassiqlik balgʻamda kuyish va kulga oʻxshashlik paydo qilib, oʻsha kuyindi narsa balgʻam hoʻlliligiga aralashuvi sababli uni shoʻr qiladi, ammo faqat suvning hoʻlligi balgʻamga aralashganda ikkinchi sabab (kuyish) [boʻlmasa], uni shoʻr qilmaydi, deymiz.
Jolinusning, "balgʻam sasishi sababli yoki suv moddasi qoʻshilishi sababli" degan gapidagi "yoki" soʻzi oʻrniga "va" soʻzi oʻrinli boʻladiganga oʻxshaydi. Bu vaqtda Jolinus soʻzi tugal boʻlib, ikkovi birgalikda shoʻrlikni paydo qiladi, degan boʻladi.