Yuz, manglay, ko'z olmasi va qovoq mushaklarining anatomiyalari
Ma'lumdirki, yuz mushaklarining soni yuzdagi harakat qiluvchi a'zolar soniga barobardir. Yuzdagi harakat qiluvchi a'zolar quyidagilardir: manglay, ikki ko'z g'o'lagi [olmasi], ikki yuqori qovoq, qisman labning ishtiroki bilan ikki yuz yanog'i, ayrim xolda ikki lab, burun uchining ikki tarafi [qanoti] va pastki jag'.
Manglayga kelsak, u - teri ostida keng yotgan pardali nozik mushak vositasi bilan harakat qiladi. U mushak teri bilan shunday aralashib ketganki, terining bir bo'lagidek bo'lib, terini undan ajratish mumkin emas. Bu mushak [manglayning] harakat qiluvchi qismiga pay vositasisiz yo'liqadi, chunki uning harakat qiluvchi bo'lagi yengil va keng teridan iboratdir. Bunday a'zoni paylar vositasi bilan harakatga keltirish qulay bo'lmaydi. Bu mushak harakati bilan qoshlar yuqoriga ko'tariladi va ozining bo'shashishi bilan ko'zlarni yumilishiga yordam qiladi.
Ko'zni harakatlantiruvchi mushaklarga kelganimizda, ularning soni oltita bo'lib, to'rtasi ko'zning tort tomonida: ostki, ustki va ikki burchagida joylashgan. Ulardan har biri ko'zni o'z tomoniga tortadi. Yana ikki mushak biroz qiyshiq o'rnashib, ko'zga aylanish harakatini beradi. Ko'z g'o'lagi orqasida bir mushak borki, bunga yopishganligi jihatidan bundan keyin bayon qilinadigan kovak asab va u bilan birga bo'lgan asablarni mustaxkamlab turadi. Asab nushakni ushlab turadi va uning bo'shashishiga yo'l qo'ymaydi. Aks xolda ko'z chaqchaygan bo'lar edi. Bu mushak ko'zni tikilib qaraganda ushlab turadi. Bu mushakning bog'loq shakldagi pardalarida tarmoqlanish paydo bo'lganki, bu [anatomlarning] shubhaga tushishlariga sabab bo'lgan. Bu mushakni ba'zi anatomlar bitta, ba'zilari ikkita va ba'zilari uchta xisoblaganlar. Har qanday bo'lmasin uning uchi bittadir.
Qovoqlarga kelsak, pastki qovoq harakatga muhtoj bo'lmaydi. Chunki maqsad faqat yuqori qovoq harakati bilan tugal bo'ladi. Yuqori qovoqning yordami bilan ko'zni yumish va har tarafga qaratish toliq amalga oshiriladi. Ulug' Allohning g'amxo'rligi maqsadga xalal bermasligi sharti bilan mumkin qadar a'zolar sonini kamaytirishga qaratildi. Chunki a'zolar sonini ko'paytirilganda ba'zi ofatlar bo'ladiki, ularni sen bilasan. Yuqori qovoq harakatsiz qoldirilib, pastki qovoq harakat qilishi mumkin edi. Lekin Yaratuvchining g'amxo'rligi, amallar [ya'ni harakatlarni] tog'ri va odilona yo'naltirishga qaratilgan.
Yuqori qovoq asablarning boshlanish yeriga yaqinroqdir. Asab qovoqqa tomon yo'nalganda egilish va bukilishga muhtoj bo'lmaydi. Yuqori qovoq ikkita harakatga: ko'zni ochganda yuqoriga ko'tarish va ko'zni yumganda pastga tushirish harakatiga muhtojdir. Ko'zni yumishda pastga tortadigan bir mushakka muhtoj bo'linadi. Unga kelgan asab pastga bukilib va yuqoriga kotarilib kelishi kerak. Agar mushak bitta bo'lsa, u ikki xoldan tashqari bo'lmaydi; yoki qovoqning chetiga yopishgan bo'ladi, yoki o'rtasiga yopishgan bo'ladi. Agar o'rtasiga yopishsa, yuqoriga ko'tarilib, ko'z qorachig'ini berkitar edi. Agar chetiga yopishganda edi, faqat bir tomonga yopishgan bo'lib, qovoq mu'tadil ravishda yaxshi yopilmas edi. Balki qiyshiq yopilib, mushak payga birinchi yo'liqqan tomonga ko'zni yumish qattiq bo'lib, ikkinchi tomonga kuchsiz bo'lardi. Natijada qovoqning yopilishi tekis bo'lmay, yuz falajiga uchragan kishining qovog'ining yopilishiga o'xshagan bo'lardi. Shuning uchun bitta mushak o'rniga ikkita mushak tuzuldi. Ular ko'zning har ikki burchagidan cho'zilib, qovoqni bir xilda tortadilar. Qovoqni ochishga kelganimizda, qovoqning o'rtasiga keladigan bir mushak yetarlidir. Mushak paylarining uchi qoboq chetiga kelib yoyiladi. Qachonki u tortishsa, ko'z ocniladi. Shuning uchun bu mushak bitta tuzildi, u ikki parda orasidan to'g'ri tushib, kiprik o'sadigan joy ostiga o'rnashgan tog'ayga o'xshash jismga yoyilib tutashadi. i
Ma'lumdirki, yuz mushaklarining soni yuzdagi harakat qiluvchi a'zolar soniga barobardir. Yuzdagi harakat qiluvchi a'zolar quyidagilardir: manglay, ikki ko'z g'o'lagi [olmasi], ikki yuqori qovoq, qisman labning ishtiroki bilanikki yuz yanog'i, ayrim xolda ikki lab, burun uchining ikki tarafi [qanoti] va pastki jag'.
Manglayga kelsak, u - teri ostida keng yotgan pardali nozik mushak vositasi bilan harakat qiladi. U mushak teri bilan shunday aralashib ketganki, terining bir bo'lagidek bo'lib, terini undan ajratish mumkin emas. Bu mushak [manglayning] harakat qiluvchi qismiga pay vositasisiz yo'liqadi, chunki uning harakat qiluvchi bo'lagi yengil va keng teridan iboratdir. Bunday a'zoni paylar vositasi bilan harakatga keltirish qulay bo'lmaydi. Bu mushak harakati bilan qoshlar yuqoriga ko'tariladi va ozining bo'shashishi bilan ko'zlarni yumilishiga yordam qiladi.
Ko'zni harakatlantiruvchi mushaklarga kelganimizda, ularning soni oltita bo'lib, to'rtasi ko'zning tort tomonida: ostki, ustki va ikki burchagida joylashgan. Ulardan har biri ko'zni o'z tomoniga tortadi. Yana ikki mushak biroz qiyshiq o'rnashib, ko'zga aylanish harakatini beradi. Ko'z g'o'lagi orqasida bir mushak borki, bunga yopishganligi jihatidan bundan keyin bayon qilinadigan kovak asab va u bilan birga bo'lgan asablarni mustaxkamlab turadi. Asab nushakni ushlab turadi va uning bo'shashishiga yo'l qo'ymaydi. Aks xolda ko'z chaqchaygan bo'lar edi. Bu mushak ko'zni tikilib qaraganda ushlab turadi. Bu mushakning bog'loq shakldagi pardalarida tarmoqlanish paydo bo'lganki, bu [anatomlarning] shubhaga tushishlariga sabab bo'lgan. Bu mu shakni ba'zi anatomlar bitta, ba'zilari ikkita va ba'zilari uchta xisoblaganlar. Har qanday bo'lmasin uning uchi bittadir.
Qovoqlarga kelsak, pastki qovoq harakatga muhtoj bo'lmaydi. Chunki maqsad faqat yuqori qovoq harakati bilan tugal bo'ladi. Yuqori qovoqning yordami bilan ko'zni yumish va har tarafga qaratish toliq amalga oshiriladi. Ulug' Allohning g'amxo'rligi maqsadga xalal bermasligi sharti bilan mumkin qadar a'zolar sonini kamaytirishga qaratildi. Chunki a'zolar sonini ko'paytirilganda ba'zi ofatlar bo'ladiki, ularni sen bilasan. Yuqori qovoq harakatsiz qoldirilib, pastki qovoq harakt qilishi mumkin edi. Lekin Yaratuvchining g'amxo'rligi, amallar [ya'ni harakatlarni] tog'ri va odilona yo'naltirishga qaratilgan.
Yuqori qovoq asablarning boshlanish yeriga yaqinroqdir. Asab qovoqqa tomon yo'nalganda egilish va bukilishga muhtoj bo'lmaydi. Yuqori qovoq ikkita harakatga: ko'zni ochganda yuqoriga ko'tarish va ko'zni yumganda pastga tushirish harakatiga muhtojdir. Ko'zni yumishda pastga tortadigan bir mushakka muhtoj bo'linadi. Unga kelgan asab pastga bukilib va yuqoriga kotarilib kelishi kerak. Agar mushak bitta bo'lsa, u ikki xoldan tashqari bo'lmaydi; yoki qovoqning chetiga yopishgan bo'ladi, yoki o'rtasiga yopishgan bo'ladi. Agar o'rtasiga yopishsa, yuqoriga ko'tarilib, ko'z qorachig'ini berkitar edi. Agar chetiga yopishganda edi, faqat bir tomonga yopishgan bo'lib, qovoq mu'tadil ravishda yaxshi yopilmas edi. Balki qiyshiq yopilib, mushak payga birinchi yo'liqqan tomonga ko'zni yumish qattiq bo'lib, ikkinchi tomonga kuchsiz bo'lardi. Natijada qovoqning yopilishi tekis bo'lmay, yuz falajiga uchragan kishining qovog'ining yopilishiga o'xshagan bo'lardi. Shuning uchun bitta mushak o'rniga ikkita mushak tuzuldi. Ular ko'zning har ikki burchagidan cho'zilib, qovoqni bir xilda tortadilar. Qovoqni ochishga kelganimizda, qovoqning o'rtasiga keladigan bir mushak yetarlidir. Mushak paylarining uchi qoboq chetiga kelib yoyiladi. Qachonki u tortishsa, ko'z ocniladi. Shuning uchun bu mushak bitta tuzildi, u ikki parda orasidan to'g'ri tushib, kiprik o'sadigan joy ostiga o'rnashgan tog'ayga o'xshash jismga yoyilib tutashadi.