Bu dorilar, zaxarga qarshi turib, ularni yurakka yetkazmay, zahar kuchini yoʼqotadi. Zaxarga qarshi kuchli dorilardan taryoq, mitridat, bodzaxrlar. Muhr loyi va undan tayyorlangan taryoq, toʼrt balzamdan tayyorlangan taryoq ham shular jumlasidandir.
Аytishlaricha, oleandrning gul va barglari va archa doni zaxardan qutqarishadi, oʼziga tengi yoʼq.
Аchchiq kavrak va doni teng miqdoridan bir dirham, Аrman shuvogʼi 2 dirhamni asalga aralashtirib olma sharbati bilan ichiladi. Baxur Maryam ildizini vino bilan ichiladi. Yalpiz va turp urugʼi ikki dirhamdan vino bilan ichiladi, Fotimasoch va gulxayri urugʼidan atala, ikki uqiya xitoy dorchini, quyon miyasi, uzum sirkasi yoki bir misqol ugʼlon oshi bilan ichiladi, ikki uqiya zaytun yogʼi boʼyimodaron damlamasi bilan ham ichiladi. Temir tikon siqib olingan suvi, yovvoyi sabzi urugʼi va hiltit (kavrak elimi) zaxarni yaxshi qaytaradi.