Qonun qadimiy tib xosilasi
Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” o’zigacha ma’lum bo’lgan barcha tabobatni o’z ichiga qamragan monumental entseklopedik qomusi xosilasidir. Bunday asar yaratishga urinib butun kuchlarini sarflashgan mashxur olimlardan Orabiziy, Aetsiy Amidiyskiy, Aleksandr Trallskiy, Pavel Egenskiy, Abu Bakr ar-Roziy kabilarning xashamatli asarlari “Tib qonunlari” yuzaga chiqqandan keyin o’z obro’larini yo’qotib chang bosib qoldilar.
Qonun ular asarlaridan afzalligi shundan iboratki, U KO’P QIRRALI BO’LISHIGA QARAMAY, o’ta ixcham, qaytarishlarsiz, tematik mundarijali, qo’llanma sifatida ishlatishga qulay, IZLAGAN MAVZUNI TOPISH OSON, O’Z NOMIGA MUNOSIBDIR. U o’zigacha bo’lgan tabobat sintezigina bo’lib qolmay, ularga tanqidiy yondashib, moziy tabiblarning minglab xatolarini tuzatish bilan birga, ibn Sino yangi ratsional tabobat paydevorini yaratib, unga o’z amaliy tibbiyot binosini tikladi. Tabobatning ratsional nazariy va amaliy printsiplarini ro’yobga chiqarish bilan tabobat dunyosida misli ko’rilmagan shuxratga ega bo’ldi.
“Tib qonunlari” ko’p asrlar G’arbda ajnabiy vrachlarga qimmatli qullanma bo’libgina qolmay, 500 yildan ortiq davrda ularning oliygohlarida asosiy darslik bo’ldi. Pavel Egenskiy kabi medetsina daholari Qonunni joriy meditsina klinikasi, diagnostikasi, terapiyasi va profilaktikasiga chatishtirdilar hamda qonunga on’lab sharxlar yozdilar va o’zlariga yoqqan qismlarini tillariga tarjima ham qildilar. Qonun tufayli ibn Sino Yevropaga arab meditsinasi otasi bo’lib tanildi.
Qonun rus va o’zbek tiliga tarjima qilingani sabab ruszabon va turkiy xalqlar o’rtasida tabobatga qiziqish kuchaydi. Shuning uchun Qonunning ikki nashri ham tezda noyob bo’lib, yaqinda o’zbek va rus tillarida uchinchi nashri chiqdi. Men qonunning yangi nashrini “Uzoq umr sari” https://ergashtabib.uz saytimda kompyuterga moslab ayrim qiyin temalarga sharxim bilan xalq tabobati ruknida tematik mundaijaviy ravishda tarqatmoqdaman. Ruscha “Profilaktika Stareniya” http://ergashaka.ru saytimda Qonunning barcha kitoblarini deyarli to’la tarqatib bo’ldim. Dunyo bo’yicha xozir ruscha saytimni shu kungacha 3 million 200 mingdan ortiq kishi ko’rishdi. Saytlar to’la bepul.